Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
Fuqarolar murojaatlari amaliy yechim topmoqda

Fuqarolar murojaatlari amaliy yechim topmoqda

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati hamda Uchtepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorligida navbatdagi fuqarolar qabuli tumandagi “Bog‘obod” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida tashkil etildi.

➕ Qabul davomida fuqarolar tomonidan tibbiy yordam, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda davolanish bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi. Tadbirda mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan bir qatorda tuman “Madad” NNT vakili Sayfulla Mahmudov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyevalar ham ishtirok etdi.

👁 Jumladan, 15-26-19-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Zubaydova koksartroz kasalligi sababli ikki marotaba jarrohlik amaliyotini boshdan kechirganini, shuningdek chap tomon suyak yemirilishi hamda qandli diabet kasalligi bilan og‘riyotganini ma’lum qildi. Fuqaroning tibbiy hujjatlari bilan tanishgan tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Ulug‘bek Karabayev ushbu fuqaroni MISS loyihasi orqali dasturga kiritish zarurligini bildirib, shu asosda Respublika ortopediya va travmatologiya markazida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish imkoniyati mavjudligini ta’kidladi.

📁 Shuningdek, 15-16V-18-uyda yashovchi fuqaro Abidova Zulayho farzandi BSF kasalligi bilan xastalanganini hamda unga maxsus nogironlik aravachasi zarurligini bildirdi. Mazkur murojaat yuzasidan Uchtepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori G‘ulom Eshatov tomonidan fuqaro ehtiyoj bildirgan nogironlik aravachasi bo‘yicha aniqlik kiritilib, mahalladagi ijtimoiy xodim orqali tegishli ariza rasmiylashtirilishini ma’lum qildi. Ushbu masala nazoratga olindi.

✨ Qabul davomida fuqaro Qodir Bilolov ham ishtirok etib, ko‘z jarrohlik amaliyoti bo‘yicha murojaat qildi. Mutasaddilar tomonidan fuqaroni 25-oilaviy poliklinika bosh shifokori bilan bog‘lagan holda, barcha tibbiy hujjatlarni tizim orqali kiritish lozimligi tushuntirildi.

🔼 Ta’kidlash joizki, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati hamda tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorligida tashkil etilayotgan bunday qabullar fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

💬 Eng muhimi, murojaatlar shunchaki tinglanib qolmasdan, ularni hal etish bo‘yicha aniq tashkilotlar va mas’ullar biriktirilayotgani fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5