Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
🍽 37-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

🏫 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati M.Ro‘zmetov, kotibiyat xodimi U.Ruzmetov, Shovot tuman SEO va JSB xodimlari hamda “Adolat” SDP Shovot tumani Kengashi raisi M.Abdiyazovalar tomonidan tumandagi Oltinqal’a mahallasida joylashgan 37-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 472-sonli qarori ijrosini ta’minlash, umumta’lim maktablarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini samarali tashkil etish, o‘quvchilarga sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🥗 Shuningdek, maktab oshxonasi faoliyati, sanitariya-gigiyena talablari, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda saqlanish sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

✅ Yakunda mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

👨‍👩‍👧‍👦 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yosh avlod salomatligini mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi.

Slide 1 of 5