Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
✅ 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Buloqboshi tumanidagi 10-umumta’lim maktabida haqiqiy quvonch va tabassum ayyomi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
#deputat_hududlarda

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Murg‘ak” mahallasida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish hamda ishsiz aholini bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash holati, ularning muammolarini hal etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida mutasaddilarga aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4