Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining 2026-yil 4-maydan 8-maygacha bo'lgan haftalik ish rejasi.
Mahallada tadbirkorlik va tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi

Mahallada tadbirkorlik va tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev “Gulobod” mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi bilan hamkorlikda hududda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan hamda tomorqadan samarali foydalanayotgan fuqarolar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Jarayon davomida fuqarolar tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirkorlik ishlari, tomorqada yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, yaratilayotgan daromad manbalari hamda aholi bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va oilalar daromadini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, K. Muhammadiyev mahalladagi 46-sonli oilaviy poliklinika filialida bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, yaratilgan sharoitlar hamda tibbiyot xodimlari faoliyati bilan tanishdi. O‘rganishlar davomida fuqarolarga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#K_Muhammadiyev

Slide 1 of 10