Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
To‘lqin Teshaboyev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati To‘lqin Teshaboyev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati To‘lqin Teshaboyev 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida bajarilgan ishlar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.

📝 Deputat hisobot uchrashuvi doirasida Chilonzor tumanidagi “Zarqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla “yettiligi”, faollar va aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda hududda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Otabek Jiyanbayev hamda tuman Kengashi deputatlari ham ishtirok etdi.

📉 Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, xususan, hududda jinoyatchilikning oldini olish, ko‘p qavatli uylar oldida avtomobillar harakatini tartibga solish, ayrim ichki ko‘chalarda bir tomonlama harakat tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Shuningdek, mahalladagi futbol maydonining holati o‘rganilib, uni ta’mirlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan amaliy ishlar boshlab yuborildi.

🔎 Hisobot davrida deputat tomonidan mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha ham hududlarda o‘rganishlar olib borildi. Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, sport inshootlari holatini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tungi yoritish tizimini yaxshilash, jamoat transporti sifati, kommunal xizmatlar samaradorligi, issiqlik, elektr energiyasi, gaz va suv ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tahliliy o‘rganishlar o‘tkazildi hamda tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

💡 Shuningdek, hududdagi park va xiyobonlar holati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imkoniyatlar, davlat xizmatlari sifati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, investitsiya loyihalari ijrosi hamda aholi bandligini oshirish masalalari deputatlik nazorati doirasida alohida e’tiborga olindi.

💼 Hisobot davrida To‘lqin Teshaboyev Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalarida hamda tegishli doimiy komissiyalar faoliyatida faol ishtirok etib, hududlarni kompleks rivojlantirish, ijtimoiy soha samaradorligini oshirish, aholi murojaatlarini manzilli hal etish va mahallalardagi mavjud muammolar yuzasidan aniq yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.

🗣 Ochiq muloqot yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, zarurat tug‘ilganda deputatlik so‘rovlari yuborish hamda navbatdagi sessiyalarga kiritiladigan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

🗳 Mazkur uchrashuv deputatlik faoliyatida ochiqlik, hisobdorlik va aholi bilan samarali muloqotni ta’minlash borasidagi izchil ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10