Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
Nodir Xaydarov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodir Xaydarov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodir Xaydarov 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilariga axborot berdi. Uchrashuv “Bahoriston” mahallasida tashkil etilib, unda mahalla faollari, “mahalla yettiligi” vakillari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

📝 Tadbir davomida deputat tomonidan hisobot davrida hududlarda olib borilgan o‘rganishlar, sayyor qabullar, fuqarolar bilan ochiq muloqotlar hamda aholi murojaatlari asosida amalga oshirilgan amaliy ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, hududdagi kommunal infratuzilma, obodonlashtirish, ijtimoiy himoya va aholi turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan qator masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilgani ta’kidlandi.

🔎 Shuningdek, uchrashuv doirasida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha muhokama qilinib, joylardagi dolzarb muammolarni aniqlash, ularni tizimli ravishda bartaraf etish hamda mahallalarda qulay va farovon muhit yaratish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

💡 Deputat Nodir Xaydarov hisobot davrida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalari, tegishli doimiy komissiyalar majlislari hamda hududiy o‘rganishlarda faol ishtirok etib, fuqarolar manfaatlariga daxldor masalalar bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surgani qayd etildi. Bu tashabbuslar joylardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini topishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

🗣 Uchrashuv yakunida deputat tomonidan aholi bilan ochiq va samarali muloqot, hududlarda o‘rganishlarni izchil davom ettirish hamda saylovchilar ishonchini amaliy natijalar bilan mustahkamlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishi alohida ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4