Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
Majid Taxirov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Majid Taxirov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Majid Taxirov 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilariga axborot berdi. Uchrashuvda Xadra, O‘rda, Gulbozor, Labzak hamda Olmazor mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari, mahalla “yettiligi” vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

📝 Tadbir davomida deputat tomonidan hisobot davrida hududlarda olib borilgan o‘rganishlar, fuqarolar bilan ochiq muloqotlar, sayyor qabullar hamda aholi murojaatlari asosida amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, mahallalarda mavjud ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolarni tizimli hal etish, fuqarolarning taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda ularni amaliy yechimga yo‘naltirish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelayotgani ta’kidlandi.

🔎 Uchrashuvda fuqarolar tomonidan O‘qchi–Olmazor MFY binosini qurish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ko‘p qavatli uylar oldidagi yo‘laklarni ta’mirlash, shuningdek Xadra mahalla fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bilan bog‘liq taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Har bir murojaat yuzasidan atroflicha muhokama olib borilib, masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

📉 Shuningdek, deputat hisobot davrida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalari hamda tegishli doimiy komissiyalar majlislarida faol ishtirok etib, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish va mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surgani qayd etildi.

💡 Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan takliflar kelgusidagi faoliyatning muhim yo‘nalishlari sifatida belgilab olinib, hududlarda o‘rganishlar va aholi bilan bevosita muloqotlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengas

Slide 1 of 10