Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KONSURUN MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI O‘RGANILDI

KONSURUN MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashining 11-Gulbog‘ saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh.Isоqov tomonidan Konsurun mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla faoli tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslar va ularning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Slide 1 of 5