Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Ayni kunlarda Sirdaryo viloyati delegatsiyasi tarkibida Sardoba tumani hokimi, deputat Ziyadulla Karimov amaliy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida tuman hokimi Xitoyning Aksu shahrida qishloq xo‘jaligi, xususan, zamonaviy paxta yetishtirish texnologiyalari bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, Shinjon hududida qo‘llanilayotgan ilg‘or paxta ekish usullari, suvni tejovchi texnologiyalar hamda yuqori hosildorlikka erishish bo‘yicha tajribalar o‘rganildi.

Shuningdek, delegatsiya “Kashgar Hongyu Textile Co. Ltd” hamda “Tianguan Water Conservation Equipment Factory” kompaniyalari faoliyati bilan ham tanishib, ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik yechimlar va hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 4