✅Uchrashuvlar davomida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, infratuzilma hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar atroflicha o‘rganildi.
Tadbirda mahalla faollari, “mahalla yettiligi” a’zolari, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda fuqarolar ishtirok etib, hudud rivoji va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.
✅Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar faollari va hokim yordamchilari faoliyati, shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini oshirish masalalari muhokama qilindi.