Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining 2026-yil 4-maydan 8-maygacha bo'lgan haftalik ish rejasi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 27-APRELDAN 1-MAYGACHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOBI.
янв.21
Ijobiy natija
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi tomonidan 20-24-aprel kunga belgilangan barcha tadbirlar to‘liq amalga oshirildi.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
Deputat nazorati

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 16-okrug deputati Rasul Jumayev, kotibiyat mudiri O.Toirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ashirmatovlar, mahalla raisi A.Raupxodjayev ishtirokida “Fayzobod” mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati hamda ko‘chalarning tungi yoritilishi tizimi holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi yo‘llarning texnik holati, ta’mirtalab uchastkalar, shuningdek, yoritish tizimidagi mavjud kamchiliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ayrim ko‘chalarda yo‘l qoplamasining eskirgani hamda tungi yoritish yetarli darajada emasligi aniqlandi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6