Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining 2026-yil 4-maydan 8-maygacha bo'lgan haftalik ish rejasi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 27-APRELDAN 1-MAYGACHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOBI.
янв.21
Ijobiy natija
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi tomonidan 20-24-aprel kunga belgilangan barcha tadbirlar to‘liq amalga oshirildi.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
#YoshlarSiyosati #DeputatFaoliyati #YoshlarBilanIshlash

#YoshlarSiyosati #DeputatFaoliyati #YoshlarBilanIshlash

Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi deputati M.Zaripova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” rahbari D.Sattorov bilan birgalikda “Billur” mahallasida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, ularning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish, hududdagi yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda hududdagi yoshlarning muammolarini hal etish bo‘yicha manzilli nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda aniqlangan muammolarga ijobiy yechim topish borasida tavsiyalar berilib, hamkorlikda chora-tadbirlar belgilab olindi.

Hamkorlik doirasida:

Yoshlar bilan ochiq va konstruktiv muloqotlar tashkil etilmoqda;

Ularning muammolari manzilli oʻrganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilmoqda;

Yoshlarning tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanmoqda;

Ijtimoiy-siyosiy faollikni oshirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.

Asosiy e’tibor:

Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash hamda kelajakka boʻlgan ishonchini mustahkamlash.

Slide 1 of 3