Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar “Qahramon” MFYda: bog‘cha va poliklinika faoliyati o‘rganildi.

Deputatlar “Qahramon” MFYda: bog‘cha va poliklinika faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S. Nazarova, Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov hamda deputatlar A. Avliyokulov, Sh. Norsayev va S. Xakimovlar Termiz tumanidagi “Qahramon” MFY hududida bo‘ldilar.

Tashrif davomida deputatlar hududdagi 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda oilaviy poliklinika faoliyatini atroflicha o‘rganib, mavjud sharoitlar, infratuzilma holati, bolalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va tibbiy xizmatlar sifati bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, o‘rganishlar jarayonida muassasalarda mavjud muammolar, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi hamda ularni yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi. 

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud sharoitlarni yaxshilash va xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi hamda masalalar deputatlar nazoratiga olindi.

Slide 1 of 6