Yangiliklar

DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 2-Shodlik saylov okrugidan saylangan deputat, O‘zbekiston Ekologik partiyasi guruhi a’zosi, J.Uskanov tomonidan tuman "Toza hudud" DUK bosh muhandisi I.Ergashevga deputat so‘rovi yubordi.

Aniqlangan holatlar:

Tumandagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli aksariyat Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (DMTT) hududida maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Ko'rilayotgan choralar:

Deputat so‘rovida yuqoridagi masalalarni bartaraf etish choralarini ko‘rish va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 10 kun muddat ichida tuman Kengashiga ma’lumot taqdim etish belgilandi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3