Yangiliklar

#deputat_faoliyati

Uchrashuv davomida mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlar yuzasidan hisobot taqdim etildi. Shuningdek, mahallada yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, sport va madaniy tadbirlarni ko‘paytirishga qaratilgan tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.

Deputat Sh.Boboyev tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholanib, kelgusida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Uchrashuv yakunida yoshlar muammolarini tizimli hal etish yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari N.Axmatov nomiga 07.04.2026 yil 37-ds-275-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 4