📌 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 2026-yil 24–28-mart kunlariga mo‘ljallangan ish-reja grafikasi bilan tanishing:
🔹 1. 4-Shahbekt saylov okrugi hududidagi Barkamol MFYda mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish rejalashtirilgan.
🏡 Hududdagi mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔹 2. Doimiy komissiya yig‘ilishini o‘tkazish belgilangan.
📋 Unda barcha doimiy komissiyalar tarkibiga o‘zgartirish kiritish masalasi dastlabki tartibda muhokama qilinadi.
🔹 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ-62-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda olib borilayotgan ishlarni o‘rganish rejalashtirilgan.
🚧 Amalga oshirilayotgan loyihalar joyiga chiqib o‘rganiladi.
🔹 4. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida deputat M. Xakimova bilan birgalikda 22-Shahidtepa saylov okrugi hududidagi Obod MFYda manzilli dasturlar asosida olib borilayotgan ishlar o‘rganiladi.
💼 Aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechiriladi.
Ushbu ish-reja asosida belgilangan vazifalar izchil amalga oshirilib, hududlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.