Yangiliklar

“Deputat o‘z saylov okrugidagi mahallada”

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi Raisi X.Qayumov tumandagi "Yangi Zamon", "Yangi Qo‘yliq", "Chinor" mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, hududdagi muammolar bilan tanishdi. "Yangi zamon" mahallasida tadbirkorlik subyektlarining ishlari, ishsiz yurgan oilalar vakillarini ishga joylashtirish masalasi, yangi ish o‘rinlarini yaratishda mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan rejaviy tadbirlarni o‘rgandi. "Yangi Qo‘yliq" va "Chinor" mahallalarida mahalla faollari va yettiligining kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarishdagi ishlari bilan tanishib, kerakli yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatib o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 10