O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Sobirov Bobur mahallasidagi mahalla ettiligi faoliyatini o‘rgandi.
Deputat mahalladagi yoshlar yetakchisidan:
- Yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali va umummilliy manfaatlarga xizmat qilishga qaratilgan loyihalarni mahalla darajasida amalga oshirish holati;
- Mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalari va o‘z taqdiri uchun mas’uliyat hissini kuchaytirish orqali bandligiga ko‘maklashish;
- “Yoshlar daftari” ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisobotini tinglandi.