Uchrashuv davomida aholi tomonidan ijtimoiy sohadagi muammolar, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, yo’llar holati, bandlik masalalari, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va infratuzilmani rivojlantirishga oid qator murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat diqqat bilan eshitilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko’rilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan qarorlar va kelgusidagi rejalar haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Bu esa fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini yanada kuchaytirish, ularning ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunida bildirilgan barcha taklif va murojaatlar nazoratga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo’yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Bunday ochiq muloqotlar aholi manfaatlarini ta’minlash, joylardagi muammolarni o’z vaqtida aniqlash va samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.