Yangiliklar

Taxiatoshda kanalizatsiya loyihasi amalda

 Oldin xabar berganimizdek (https://t.me/TaxiatoshtumanKengashi/1703), tumanda kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun zarur xom ashyolar yetkazib berilayotgan edi.

🚧 Bugungi kunda esa mazkur loyiha doirasida qurilish va o‘rnatish ishlari rasman boshlab yuborildi.

🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “Nurli kelajak” MFY hududidan boshlangan ishlar bilan tanishib, ularning borishini nazorat qildi.

📊 Loyihaning izchil amalga oshirilishi tuman infratuzilmasini yanada yaxshilashga, aholiga qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

✅ Izchil ishlar — barqaror rivoj kafolati!

Slide 1 of 5