Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati

Obod va fayzli Quvasoy: hududlarda ishlar izchil davom etmoqda

Quvasoy shahrida hududlarni obodonlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan loyihalar shahar infratuzilmasini yaxshilash bilan birga, aholiga yanada qulay va estetik muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati Bunyodkor MFY okrugidan saylangan shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov hududida bo‘lib, olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Xususan, shahar hududiga olib kiruvchi katta yo‘l atroflarini tartibga keltirish, ko‘kalamzorlashtirish va manzarali daraxtlar ekish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 6