Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining 2026-yil 4-maydan 8-maygacha bo'lgan haftalik ish rejasi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 27-APRELDAN 1-MAYGACHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOBI.
янв.21
Ijobiy natija
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi tomonidan 20-24-aprel kunga belgilangan barcha tadbirlar to‘liq amalga oshirildi.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
“Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostida harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi

“Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostida harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi

Joriy yilning 19-mart kuni Navoiy shahar 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 21-mart – umumxalq Navro‘z bayrami munosabati bilan “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostida 10-sinflar o‘rtasida vatanparvarlik ruhidagi harbiy-sport musobaqasi tashkil etildi.Mazkur tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, jismoniy chiniqish va jamoaviylik ruhini shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Musobaqada o‘quvchilar turli shartlar asosida o‘z kuchi, epchilligi, tezkorligi hamda bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.Bellashuvlar davomida ishtirokchilar saf tortish, harbiy elementlarga oid mashqlar, estafeta bahslari va boshqa qiziqarli shartlarda faol qatnashib, yuqori natijalarni namoyon etdilar. Har bir jamoa g‘alaba uchun intilib, o‘zaro sog‘lom raqobat muhitini yuzaga keltirdi.Tadbir davomida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshchuk Natalya Valeryevna so‘zga chiqib, ishtirokchilarni Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. U yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.Shuningdek, u musobaqada faol ishtirok etgan o‘quvchilarni tabriklab, ularga esdalik sovg‘alari topshirdi. Bu esa yoshlar uchun katta rag‘bat bo‘lib xizmat qildi.Tadbir yakunida g‘olib jamoalar aniqlanib, munosib taqdirlandi. Musobaqa yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda o‘tdi va barcha ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.Bunday tadbirlar yoshlarning jismoniy va ma’naviy barkamolligini ta’minlash, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Navro‘z bayrami arafasida o‘tkazilgan ushbu musobaqa esa o‘zining mazmun-mohiyati bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Slide 1 of 4