Bugun xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputat D. Mardonova Turon MFY hududida bo‘lib, mahalla aholisi bilan bevosita muloqot qildi. Deputat hududdagi mavjud muammolar joyiga chiqib, ko‘chama-ko‘cha yurib o‘rganildi.
Aholini qiynayotgan masalalar, jumladan infratuzilma, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar hamda ijtimoiy muammolar yuzasidan fuqarolarning fikr-mulohazalari tinglandi. Har bir murojaat alohida qayd etilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini chuqurroq o‘rganish, ularning yechimiga amaliy yordam ko‘rsatish hamda hududni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.