🔶Yaqinlashib kelayotgan qo‘shaloq bayramlar arafasida bunday holatlarning oldini olish maqsadida tuman Kengashi deputati Nigora Bayzakova o‘z saylov okrugida joylashgan "Chinor" mahallasidagi savdo do‘konlarining holatini o‘rgandi.
🔷Deputat xizmat ko‘rsatish madaniyati va narx-navolarning barqarorligi yuzasidan xaridorlar fikrlarini tingladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, sut va go‘sht mahsulotlarining yaroqliligi muddatlarini ko‘zdan kechirdi.
🔶Shuningdek, deputat tomonidan sotuvchi va tadbirkorlarga ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
https://t.me/Zangiota_tuman_Kengashi