Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
янв.21
O‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
янв.21
“YURT OBODLIGI AVVALO MAHALLADAN BOSHLANADI.”
янв.21
Deputat biriktirilgan hududdagi turizm zonasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Buloqboshi tumanidagi 1-son texnikumida kasb xunarga o‘qitilayotgan yoshlar bilan davra suxbati bo‘lib o‘tdi.
янв.21
27-maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Mahallalarda ijtimoiy himoyadagi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Yoshlar kuni” munosabati bilan ularning murojaatlari o‘rganildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 22-sessiyasida qabul qilingan VII-22-21-9-123-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash hamda belgilangan vazifalarning amalda bajarilishini o‘rganish maqsadida tuman Kengashi Kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova hamda doimiy komissiyalar raislari Alibek Amanlikov va Axrorjon Ibadullayevlar tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi. Unga ko‘ra, tumandagi 24 ta mahalla hududidagi 53 ta ko‘chada shag‘allash (shag‘allantirish) ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur ishlarni joriy yilning aprel oyidan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilanganligi qayd etildi.

Mazkur o‘rganishlar davomida deputatlar tomonidan belgilangan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mazkur masala yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7