Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YURT OBOD BO'LSA FAYZU BARAKA BO'LADI.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
янв.21
O‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
янв.21
“YURT OBODLIGI AVVALO MAHALLADAN BOSHLANADI.”
янв.21
Deputat biriktirilgan hududdagi turizm zonasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Buloqboshi tumanidagi 1-son texnikumida kasb xunarga o‘qitilayotgan yoshlar bilan davra suxbati bo‘lib o‘tdi.
янв.21
27-maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Mahallalarda ijtimoiy himoyadagi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
#qutlov #bayram

Bahorning ilk ayyomi — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashida bayramona shukuh hukmron bo‘ldi.

Kengashning faol, tashabbuskor va fidoyi ayol deputatlarini bayram bilan qutlash maqsadida Kengash yigitlari tomonidan o‘ziga xos tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Doniyor Karimov so‘zga chiqib, barcha ayol deputatlarni, shahar rivoji yo‘lida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni samimiy muborakbod etdi:

"Sizlarning nafaqat oila mustahkamligida, balki jamiyatimiz siyosiy hayotida, shahar obodonchiligi va aholi muammolarini hal etishdagi o‘rningiz beqiyos. Bahoriy go‘zallik va nafosat Sizlarni aslo tark etmasin!"

Bayramning eng hayajonli daqiqalarida Kengash raisi va erkak deputatlar tomonidan ayol hamkasblarga gullar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ushbu uchrashuv nafaqat bayram tabrigi, balki deputatlar orasidagi o‘zaro hamjihatlik va hurmatning yorqin namunasi bo‘ldi. Zero, ayol borki, olam munavvar, jamiyatda adolat va mehr barqarordir.

Slide 1 of 5