Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita”ning “Ijtimoiy soha infratuzilmasini rivojlantirish tadbirlari” bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
🏫 Mazkur “Yo‘l xarita”ning 4-bandida nazarda tutilgan Boyovut tumani “Paxtakor” mahallasida joylashgan 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini mukammal ta’mirlash ishlari tuman Kengashi deputati Xalnisa Shayimova tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
🏗️ O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, mazkur maktabni kapital ta’mirlash hamda qo‘shimcha 80 o‘rinli bino qurish ishlari Davlat dasturi asosida 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha uchun 3 milliard 456 million so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
📋 Hozirda loyiha hujjatlari tayyor bo‘lib, qurilish ishlarini amalga oshiruvchi pudratchi tashkilotni aniqlash jarayoni olib borilmoqda. Pudratchi tashkilot aniqlangach, kelgusi haftadan boshlab qurilish-ta’mirlash ishlarini boshlash rejalashtirilgan.
📌 Mazkur jarayonlarning borishi deputat tomonidan deputatlik nazoratiga olingan.