Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Buloqboshi tumanidagi 1-son texnikumida kasb xunarga o‘qitilayotgan yoshlar bilan davra suxbati bo‘lib o‘tdi.
янв.21
27-maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Mahallalarda ijtimoiy himoyadagi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Yoshlar kuni” munosabati bilan ularning murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Murojaatlar amalda – ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan, mart oyida qilinadigan ustuvor vazifalar.
янв.21
“Adolat bor joyda taraqqiyot bardavom”
янв.21
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat maktab bitiruvchilari bilan suhbatda.
Saylovchilar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Ruhiya Ismoilova Bahoriston mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar atroflicha tinglanib, hududdagi dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot jarayonida fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar tanqidiy-tahliliy jihatdan ko‘rib chiqildi. Xususan, ijtimoiy soha, infratuzilma hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq bir qator muammolar muhokama markazida bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida 3 ta muhim masala yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovnomalari yuborildi. Mazkur muammolarning ijobiy hal etilishi deputat tomonidan alohida nazoratga olindi.