Deputatlar o‘z
saylov okruglaridagi muammolarni o‘rganmoqdalar
🔷 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Qahramon Makarov tomonidan tumanning Qo‘riq MFY hududida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda muammolar o‘rganildi.
🔷 O‘rganishlar davomida hududda mavjud transformator punktining
quvvati pastligi sababli quvvati 250 KVli bo‘lgan TPga hamda mahalladagi ma’nan
eskirgan tayan ustunlarini beton tayanch ustunlariga almashtirish ehtiyoji mavjudligi
aniqlanib, aholiniqiynayotgandolzarbmuammolar,
taklif va murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
🔷 Ko‘tarilgan masalalar fuqarolarning kundalik hayoti, turmush sharoiti va ijtimoiy farovonligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi bois, ular deputatlik nazoratiga olindi.
Telegram | Facebook | YouTube