Huquqiy xabardorlik va himoya: Ulug‘bek MFYda hisobot yig‘ilishi
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Qahramon Makarov ishtirokida Ulug‘bek mahalla fuqarolari bilan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
🔹 Yig‘ilishda 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2026-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
🔹 Ayniqsa, “Ogoh bo‘ling, firibgar!” loyihasi doirasida nafaqa yoshidagi fuqarolarni firibgarlikdan himoya qilish va huquqiy xabardorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Ishtirokchilarga quyidagi asosiy tavsiyalar berildi: noma’lum shaxslarga ishonmaslik, shaxsiy ma’lumotlarni bermaslik, shubhali xabarlarni tekshirish va zarur bo‘lsa yaqinlar yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish.
🔹 Yig‘ilish yakunida aholi ogohligi va mahalla faolligi bilan bog‘liq aniq tavsiyalar va ish rejasi belgilandi.
Telegram | Facebook | YouTube