Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat maktab bitiruvchilari bilan
янв.21
Murojaatlar amalda
янв.21
Buloqboshi tumani Sharqyulduzi MFY hududida joylashgan maktab deputat tomonidan borib o‘rganildi.
янв.21
Buloqboshi tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabi faoliyati o’rganildi.
янв.21
Deputat mahallada!
янв.21
Deputat Toshtemirov Murotbek Sanoat va to‘qimachilik korxonalari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ta’lim muassasasida o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Yangi O‘zbekiston qiyofasi kompleks rivojlantirish dasturi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Dalvarzin mahallasida keng ko`lamli obodonlashtirish ishlari boshlandi

 Jalaquduq tumani Oyim qishlog`i Dalvarzin mahalla fuqarolar yig`inida mahalla aholisi tashabbusi bilan keng ko`lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari boshlab yuborildi. Mazkur tadbir mahalla raisi Ostonov Maribjon boshchiligida, tuman Obodonlashtirish bo`limi xodimlari ishtirokida tashkil etildi. Hashar tariqasida o`tkazilgan ushbu xayrli ishlarga yoshlar, nuroniylar, faollar hamda tashkilot va korxona vakillari faol jalb etildi. Obodonlashtirish ishlari, avvalo, hududda joylashgan qadimiy Dalvarzin qabristoni va arxeologik tepalik atrofini tartibga keltirishga qaratildi. Mazkur maskanlar nafaqat mahalla aholisi uchun, balki butun hudud tarixi va madaniy merosi uchun ham alohida ahamiyatga ega. Shu bois, ularning obod va pokiza saqlanishi barchaning e`tibor markazida bo`lmoqda Tadbirda tuman Kengashi raisi Sh. Xaitaxunov va doimiy komissiya raisi A. Kurbonovlar ishtirok etib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar hamda mahalla aholisining tashabbuskorligi va jipsligini alohida e`tirof etdilar. Ular bunday xayrli ishlar mahallalarni yanada obod qilish, tarixiy merosni asrab-avaylash va aholi o`rtasida hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta`kidladilar. Mazkur obodonlashtirish
ishlari kelgusida ham izchil davom ettirilishi, hududni yanada ko`rkam va fayzli maskanga aylantirish rejalashtirilgan. Bu kabi ezgu tashabbuslar mahallada ijtimoiy faollikni oshirish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va tarixga hurmat tuyg`ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 3