Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat maktab bitiruvchilari bilan
янв.21
Murojaatlar amalda
янв.21
Buloqboshi tumani Sharqyulduzi MFY hududida joylashgan maktab deputat tomonidan borib o‘rganildi.
янв.21
Buloqboshi tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabi faoliyati o’rganildi.
янв.21
Deputat mahallada!
янв.21
Deputat Toshtemirov Murotbek Sanoat va to‘qimachilik korxonalari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ta’lim muassasasida o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Yangi O‘zbekiston qiyofasi kompleks rivojlantirish dasturi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Taxtakópir_tumani Yosh_ekologlar

        O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxtako‘pir tumani Kengashi raisi B.Baymbetova hamda Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashi deputati M.Asqarovlar boshchiligida “Mulik” OFY hududida joylashgan 16-sonli umumta’lim maktabida buyuk mutafakkir va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan "Boburni yod olib" deb nomlangan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi gʻoyalarini targʻib etishga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

        Tadbir davomida Boburning hayoti va ijodi haqida soʻz yuritilib, uning buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi hamda boburiylar sulolasi asoschisi ekani taʼkidlandi. Xususan, shoirning mashhur “Boburnoma” asari haqida tushunchalar berildi.

         Shuningdek, Bobur qalamiga mansub sheʼr va gʻazallar oʻquvchilar tomonidan ifodali tarzda ijro etildi.

       Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Slide 1 of 3