Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati S. Joʻrayeva Nadirmat mahalla fuqarolar yigʻinida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqot jarayonida kommunal xizmatlar sifati, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy masalalar hamda bandlikka oid savollar yuzasidan fikrlar bildirildi. Deputat tomonidan har bir murojaat diqqat bilan o‘rganilib, ularning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish va tezkor hal etishga xizmat qilmoqda. Kelgusida deputatlar tomonidan mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuvlar muntazam davom ettirilishi rejalashtirilgan.