Mazkur o‘quv-seminar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi, Respublika targ‘ibot guruhi rahbari Laylo Aslonova ishtirokida tashkil etildi.
🔺Seminar davomida aksilkorrupsiya yo‘nalishidagi volontyorlik faoliyatining mazmun-mohiyati, Yoshlar parlamentining ushbu jarayondagi vazifalari va haamaliy ishtiroki, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
📑 Tadbir yakunida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, kelgusidagi hamkorlikdagi tashabbuslar bo‘yicha takliflar bildirildi.