Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat maktab bitiruvchilari bilan
янв.21
Murojaatlar amalda
янв.21
Buloqboshi tumani Sharqyulduzi MFY hududida joylashgan maktab deputat tomonidan borib o‘rganildi.
янв.21
Buloqboshi tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabi faoliyati o’rganildi.
янв.21
Deputat mahallada!
янв.21
Deputat Toshtemirov Murotbek Sanoat va to‘qimachilik korxonalari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ta’lim muassasasida o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Yangi O‘zbekiston qiyofasi kompleks rivojlantirish dasturi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Yoshlar orasida giyohvandlik — jamiyat kelajagiga jiddiy tahdid

Bugungi kunda yoshlar orasida giyohvandlik illati tobora avj olib borayotgani barchamizni jiddiy tashvishga solishi lozim. Bu nafaqat bir oilaning, balki butun jamiyatning kelajagiga bevosita tahdid solayotgan eng xavfli ijtimoiy muammolardan biridir. Afsuski, ayrim yoshlar vaqtinchalik qiziqish, tengdoshlar ta’siri yoki hayotiy muammolardan qochish maqsadida ushbu halokatli yo‘lga kirib qolmoqda.

Mazkur muammoning kelib chiqish omillari turlicha. Ota-ona e’tiborining yetishmasligi, ma’naviy bo‘shliq, ishsizlik, zararli muhit, shuningdek, internet va ayrim yomon doiralar orqali targ‘ib qilinayotgan salbiy ta’sirlar yoshlarni ushbu illatga yetaklamoqda. Shu bois, giyohvandlikka qarshi kurash faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi bo‘lib qolmasdan, balki butun jamiyat — oila, ta’lim muassasalari, mahalla va jamoatchilikning hamkorlikdagi mas’uliyatli ishiga aylanishi zarur.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi deputati Komila Abdullayeva tashabbusi bilan 1-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida “Giyohvandlikka qarshi kurashish — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda maktab ma’muriyati, sinf rahbarlari, ota-onalar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, yoshlar tarbiyasi, ularni zararli odatlardan asrash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 U o‘z nutqida giyohvandlik, sigaret va nosning kelib chiqishi, yoshlar ongiga qanday yo‘l bilan kirib kelayotgani, “bir marta sinab ko‘rish” ortida qanday ayanchli oqibatlar yashiringani haqida aniq va hayotiy misollar asosida tushuntirish berdi.

Xulosa qilib aytganda, giyohvandlikka qarshi kurash — bu bugunning emas, ertangi kunning taqdiri uchun olib borilayotgan muqaddas kurashdir. Agar bugun befarq bo‘lsak, ertaga kech bo‘lishi mumkin.

Slide 1 of 3