Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat maktab bitiruvchilari bilan
янв.21
Murojaatlar amalda
янв.21
Buloqboshi tumani Sharqyulduzi MFY hududida joylashgan maktab deputat tomonidan borib o‘rganildi.
янв.21
Buloqboshi tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabi faoliyati o’rganildi.
янв.21
Deputat mahallada!
янв.21
Deputat Toshtemirov Murotbek Sanoat va to‘qimachilik korxonalari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ta’lim muassasasida o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Yangi O‘zbekiston qiyofasi kompleks rivojlantirish dasturi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
“Ajrim yoqasidagi oilalar taqdiri – e’tibor markazida”
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati

    🔹“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsadlari qatoriga barcha fuqarolarning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratish, sog‘lom va bilimli avlodni tarbiyalash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish hamda adolat, qonun ustuvorligi va xavfsizlikni kafolatlash kiradi. 

🔹2025-yil 26-dekabr kunigi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2026-yilda mamlakatimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi hamda 2026 yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi. 

🔹Murojaatnoma 2026-yil uchun ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab, katta maqsadlar va raqamlar bilan ifodalangan keng qamrovli dasturiy hujjat sifatida qabul qilindi. Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, iqtisodiyotni texnologik modernizatsiya qilish, investitsiya va eksportni oshirish, ichki talabni rag‘batlantirish, kasbiy ta’lim va mehnat bozorini yangi bosqichga olib chiqish, ekologiya va suv resurslarini muhofaza qilish, shuningdek
davlat boshqaruvi hamda sud-huquq tizimini isloh qilish bo‘yicha belgilangan vazifalar mamlakat taraqqiyotida yangi burilish yasashiga ishonch bildirildi.
 

🔹“O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyatini jamoatchilik va aholi o‘rtasida targ‘ib qilish-tushuntirishga
bag‘ishlangan kengaytirilgan davra suhbatida xalq deputatlari Farg‘ona viloyati hamda Uchko‘prik tumani Kengashlari derutatlari, tuman Adliya bo‘limi, Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi rahbar-xodimlari, partiyalar tuman kengashlari raislari ishtirok etdilar. 

🔹Tadbirda viloyat Kengashi deputatlari Sattarxo‘ja Akbarov, Muqimjon Dexqonov, tuman Kengashi deputati Laziz Turanov “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar. 

🔹Muhokamalar yakunida bildirilgan fikr-mulohazalar hamda takliflarga muvofiq tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi. 

                                                                                                                                                                        Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati  

   

Slide 1 of 1