Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat maktab bitiruvchilari bilan
янв.21
Murojaatlar amalda
янв.21
Buloqboshi tumani Sharqyulduzi MFY hududida joylashgan maktab deputat tomonidan borib o‘rganildi.
янв.21
Buloqboshi tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabi faoliyati o’rganildi.
янв.21
Deputat mahallada!
янв.21
Deputat Toshtemirov Murotbek Sanoat va to‘qimachilik korxonalari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ta’lim muassasasida o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Yangi O‘zbekiston qiyofasi kompleks rivojlantirish dasturi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
🔰Jizzax shahrida “Tashabbusli byudjet” bo‘yichа seminar bo‘lib o‘tdi

“Tashabbusli byudjet” jarayonlariga kiritilgan yangi o‘zgarish vа qo‘shimchalar yuzasidan seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminarda shahar hokimligi masʼullari, shahar Kengashi deputatlari, mahalla faollari hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xodimlari ishtirok etib, 2026 yildan boshlab joriy etilishi rejalashtirilgan yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berdilar.

Xususan, tanlovda g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan har bir mavsumda bittasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tomonidan g‘olib deb topish, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni aholi va davlat sherikligida moliyalashtirish amaliyotini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha aniq javoblar oldilar. Ushbu tadbir “Tashabbusli byudjet” jarayonlarida aholining faolligini oshirish vа loyihalarning samaradorligini taʼminlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Slide 1 of 5