Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buloqboshi tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabi faoliyati o’rganildi.
янв.21
Deputat mahallada!
янв.21
Deputat Toshtemirov Murotbek Sanoat va to‘qimachilik korxonalari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ta’lim muassasasida o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Yangi O‘zbekiston qiyofasi kompleks rivojlantirish dasturi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
“Ajrim yoqasidagi oilalar taqdiri – e’tibor markazida”
янв.21
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV
янв.21
Murojaatnomaga munosabat.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Istiqlol mahallasining xotin-qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu tadbir mahalla faoli Fotima Abdullayeva va tuman Kengashi deputati, “Oqila ayollar harakati” a’zosi Xolniso Shoyimova tashabbusi bilan o‘tkazildi. Unda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ayollar qatnashib, jismoniy faollikning inson salomatligi uchun qanday muhim ekanini o‘z harakatlari bilan namoyon etdilar.

– “Salomatlik uchun 5000 qadam” – bu bir martalik aksiya emas, balki har kuni bajarilishi lozim bo‘lgan odatga aylanishi kerak. Ana shundagina ko‘pgina xastaliklarning oldini olish mumkin bo‘ladi. Quvonarlisi, nafaqat yoshlar, balki keksa onalarimiz ham bu harakatda faol ishtirok etmoqda. Yoshlar esa ulardan ruhlanib, turli sport musobaqalarida qatnashmoqda va yaxshi natijalarga ham erishmoqda, – deydi mahalla faoli Fotima Abdullayeva.

Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishdi, balki to‘g‘ri ovqatlanish, salomatlikni asrash va kasalliklarning oldini olish yuzasidan ham o‘zaro fikr almashishdi. Bu kabi tashabbuslar mahallada sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirishda muhim omilga aylanmoqda.

– “5000 qadam yurish” odatini hayotimga joriy qilganimga ancha bo‘ldi. Bu nafaqat jismoniy faolligimini, balki kundalik kayfiyatimni ham yaxshiladi. Bunday harakat har bir ayol hayotida bo‘lishi shart, – deydi tadbir ishtirokchisi Jumagul Jumayeva.

– Jismoniy faollik insonning o‘z salomatligiga bo‘lgan munosabatidir. Biz bu tadbir orqali yosh avlodga sog‘lom hayot qanday bo‘lishini ko‘rsatishni maqsad qildik, – deydi 42-sonli umumta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Inobat Omonqulova.

Aytish joizki, “Salomatlik uchun 5000 qadam” kabi tadbirlar tufayli so‘nggi vaqtlarda mahallada xastaliklarga moyil aholi soni kamaygani kuzatilmoqda.

Slide 1 of 8