Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi XDP deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
янв.21
Deputat ózine biriktirilgen jaslar menen ushirasıwı
янв.21
"Quwanısh hám mehir úleseyik" akciyası ótkerildi.
янв.21
DEPUTAT HÁMME WAQIT XALIQ PENEN BIRGE.
янв.21
“Deputat máhállede”
янв.21
Deputat Máhállede.
янв.21
"Bir máhálle - Bir baslama" joybarı sheńberinde.
янв.21
Deputatlar dógerek sáwbeti
янв.21
Bozataw rayonı hákimliginiń májilisler zalında Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesiniń gezektegi on segizinshi sanlı sessiyası bolıp ótti.
#Islohatlar amalda

13- Xo‘jaqishloq saylov okrugiga O‘zbekiston leberal demokratik partiyasidan saylangan Toyloq tumani Kengashi deputati N.Mo‘minovaga, Yastepa mahallasida yashovchi fuqaro H.Himmatova tug‘ma yurak-porogi aniqlanganligi va uni operatsiya qilish bo‘yicha yordam so‘rab murojaat qilgan edi. Fuqaro H.Himmatovaning ma’lum qilishicha, bemorni zudlik bilan operatsiya qilinmasa ahvoli og‘irlashishi mumkinligi, lekin uning ijtimoiy holati og‘ir bo‘lgani sababli operatsiya xarajatlarini ko‘tara olmaydi.

O‘zLiDePning “Bir deputat 100 ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida mazkur murojaat bo‘yicha tuman Kengashi deputatlari N.Mo‘minova, I.O‘rinov, Toyloq tumani tibbiyot birlashmasi, tuman xalq qabulxonasi vakillari o‘rganishlar olib bordi va darhol tegishli choralar ko‘rish uchun viloyat kardiologiya markaziga yuborildi. 

O‘rganishlar natijasida II guruh nogironi fuqaro H.Himmatovaning operatsiyasi uchun viloyat kardiologiya dispanseri tomonidan sug‘urta tizimi asosida 40 mln so‘mlik operatsiya xarajatlari qoplab berildi va mazkur kardiologiya markazida malakali shifokorlar tomonidan operatsiya o‘tkazilib, bemor to‘liq sog‘lomlashtirildi.

Bir so‘z bilan aytganda, Salomatlik eng asosiy ne’matlardan biri. U bo‘lmasa halovat ham xotirjamlik ham bo‘lmaydi. Bu masala yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda aholi salomatligini tiklash, umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish maqsadida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Muhim qaror va farmonlar qabul qilinib, sohani isloh qilishga bag‘ishlangan davlat dasturlari ishlab chiqildi va natijada uni hayotga tatbiq etish, aholiga munosib tibbiy xizmat ko‘rsatish, davolash va tashxis qo‘yishning eng maqbul tizimini joriy etish borasidagi ishlar esa boshlab yuborilgan. Bu kabi amaliy ishlar yurtimizdagi aholiga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan darakdir.

Slide 1 of 3