19¹-modda
📑 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📋 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi PF–5283-son Farmonida belgilangan vazifalarning Sherobod tumanida ijro etilishi, mahalliy budjet ijrosi, qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirish va budjet mablag‘laridan samarali foydalanish holati, shuningdek, tuman mahalliy budjetining 2026-yil III chorak yakunlari bo‘yicha daromadlarining shakllanishi hamda 9 oylik xarajatlarining bajarilishi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
🗣 Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i U. Xamrayevning hisoboti tinglandi va muhokama qilindi.
✅ Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube