Yangiliklar

Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi

 Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi 

  

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati Sh. Shokirov tomonidan Yoshlik MFY mahalla yettiligi a’zolariga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuncha berildi. Tadbir davomida fuqarolarning davlat organlari, tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mansabdor shaxslarga ariza, taklif hamda shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, shuningdek murojaatlar bilan ishlashda qonuniylik va mas’uliyat masalalariga
to‘xtalib o‘tildi.
Mahalla yettiligi a’zolariga aholi murojaatlari bilan ishlashda qonun talablariga rioya qilish, fuqarolarning
murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik va ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish muhimligi tushuntirildi.
 

   

Slide 1 of 2