Yangiliklar

Bugun 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tumanimizda ta’lim-tarbiya sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan ustoz va murabbiylar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram tadbirida so‘zga chiqqan tuman hokimi Farrux Xoliqov barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularning yosh avlodga puxta bilim va tarbiya berish, Vatanga sadoqatli, bilimli va barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi sharafli mehnatini yuksak qadrlashini ta’kidladi.

Tadbir davomida ta’lim sohasining rivojiga ko‘p yillar davomida munosib hissa qo‘shib kelayotgan faxriy ustozlar, shuningdek, yil davomida yuqori natijalarga erishib, o‘zining fidoyiligi va mehnatsevarligi bilan namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh o‘qituvchilar munosib taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Slide 1 of 9