#Xaftalik_ish_reja_va_uning_ijrosi
#Deputatning_ yon_daftari_yo‘nalishida
🪚 Mevazor MFYda yosh tadbirkor ustoz-shogird anʼanasi asosida hunar o‘rgatmoqda
📌 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Ergashev tashabbusi bilan Mevazor MFYda yosh tadbirkor S.Saidmurodov milliy hunarmandchilik hamda mebelchilik yo‘nalishida o‘z ish faoliyatini boshladi.
👨🏫 Yosh tadbirkor 13-son maktab bitiruvchilaridan 2-3 nafar o‘quvchini ustoz-shogird anʼanasiga binoan shogirdlikka olib, ularga hunar sirlarini o‘rgatib boshladi.
✅ Deputat bunday tashabbuslarning yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va ularning bandligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi. BIZNI KUZATING: 🌍 Web sayt | ✅ Do'stlik kengashi | 💬 Facebook 🌐Instagram| 📹 Youtube