#kotibiyat_faoliyati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️Yakkasaroy tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi 29-14-0-F/26-son farmoyishi ijrosi doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarvar Irgashev tomonidan Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati joyiga chiqib o‘rganilib, mas’ullarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
📝 Jarayonda deputatlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash, yig‘ma jildlarni belgilangan tartibda yuritish, kotibiyatda ish yuritish va ijro intizomi, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar faoliyatini tashkil etish, deputatlik so‘rovlari ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyati ko‘rib chiqildi.
📉 Shuningdek, Kengash va doimiy komissiyalarning tasdiqlangan ish rejalari ijrosi, sessiyalar kun tartibiga kiritiladigan masalalarni oldindan hududlarda ko‘rib chiqish, mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobot va axborotlarini eshitish hamda qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
🔎 Deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha saylov okruglarida tizimli nazorat tadbirlarini olib borish, **“Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari”**ni sifatli yuritish, deputatlarga biriktirilgan muhim qonunlar ijrosini doimiy komissiyalar doirasida nazorat qilish hamda biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
💼 Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–193-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Hududda yangi barqaror ish o‘rinlarini yaratish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarni deputatlar tomonidan manzilli nazorat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
💡 Xususan, ushbu yo‘nalishga ajratilgan moliyaviy resurslarning maqsadli o‘zlashtirilishi, oilaviy va yoshlar tadbirkorligi dasturlari doirasidagi kreditlarning natijadorligi, moliyalashtirilgan loyihalarning amaldagi faoliyati va yaratilgan ish o‘rinlari holatini joyiga chiqib tahlil qilish masalalari muhokama qilindi.
♻️ Shuningdek, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni daromadli mehnat bilan ta’minlash, “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘larining maqsadli yo‘naltirilishi va natijadorligini nazorat qilish, amalga oshirilayotgan loyihalardagi muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni belgilash bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
🖥 Bundan tashqari, elektron ish yuritish tizimlaridan samarali foydalanish, deputatlik so‘rovlari va xizmat yozishmalarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda deputatlarning hududlardagi faoliyati va erishilgan amaliy natijalarni ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish masalalari yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
🤝 Yakunida Yakkasaroy tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar faolligi va deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar ishini tizimli tashkil etish, hududlarda bandlik va tadbirkorlik yo‘nalishidagi vazifalar ijrosini manzilli nazorat qilish yuzasidan Sarvar Irgashev tomonidan tegishli amaliy-uslubiy tavsiya va tushuntirishlar berildi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash