Juma buyum bozorida yong‘in xavfsizligi talablari o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.
👨💼 Mazkur nazorat tadbirlari doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Kumakov Juma buyum bozorida mas’ul xodimlar bilan birgalikda o‘rganish ishlarini olib bordi.
🔎 O‘rganish davomida bozorda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, savdo obyektlarining yong‘inga qarshi vositalar bilan ta’minlanganligi, elektr tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.
📋 Shuningdek, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, aniqlanishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.