Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova tomonidan Kogon shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabida ta’lim jarayonining tashkil etilishi holati o‘rganildi.
#tavsiyalar
#qonun_162
#deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova tomonidan Kogon shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabida ta’lim jarayonining tashkil etilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabda o‘quv jarayonining amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida tashkil etilishi, fanlar bo‘yicha dars soatlarining taqsimlanishi, o‘qituvchilarning pedagogik yuklamalari, dars jadvalining shakllantirilishi hamda o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, dars soatlarini taqsimlashda pedagoglarning mutaxassisligi, malakasi va amaldagi tartib-taomillarga rioya etilishi, o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan maktab mas’ullariga tegishli tavsiyalar berilib, ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish, dars mashg‘ulotlari sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun qulay ta’lim muhitini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish zarurligi qayd etildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda umumiy o‘rta ta’limni tashkil etishga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida amalga oshirildi.

Deputat faoliyatiga masʼul bosh mutaxassis Z. Temirova.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 2