Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI TOMONIDAN KIRITILGAN TEGISHLI FARMON VA QARORLAR IJROSI HOLATI O‘RGANILDI

FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI TOMONIDAN KIRITILGAN TEGISHLI FARMON VA QARORLAR IJROSI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev hamda deputat X.Toshmatova tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF–185-son Farmoni hamda mazkur hujjat ijrosini ta’minlashga qaratilgan tegishli qaror va topshiriqlar ijrosi yuzasidan taqdim etilgan hisobot o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yong‘inlar profilaktikasini tashkil etish, favqulodda holatlarning oldini olish, korxona va tashkilotlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi hamda aholi o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, shahar hududida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘rganishlar, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar hamda hisobot ma’lumotlarining haqqoniyligi o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar umumlashtirilib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi hamda masalani xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish uchun xulosa tayyorlandi.

Slide 1 of 5