Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
"Shifokor" mahallasida O‘RQ-406-sonli Qonun ijrosi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi!
Yoshlar bilan ishlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mahalliy Kengashlar faoliyatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi bosh mutaxassisi A.Temirov Kengashning 3-“Shifokor” saylov okrugi deputati O.Lapasovaning saylov okrugiga qarashli “Shifokor” mahallasida bo‘ldi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida hududda yoshlar bilan ishlash holati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish va tahlil yo‘nalishlari:
O‘rganish jarayonida O‘RQ–406-sonli Qonun talablaridan kelib chiqib, mahalladagi Yoshlar yetakchisi bilan atroflicha suhbat o‘tkazildi hamda quyidagi muhim yo‘nalishlar tahlil qilindi:

• Yoshlar bandligi va "Yoshlar daftari": Mahalladagi ishsiz yoshlar reyestri, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunar va IT-sohalarga yo‘naltirish hamda subsidiyalar ajratilishining haqqoniyligi;

• Bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish: "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi sport va madaniy-ma’rifiy musobaqalar qamrovi hamda yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish choralari;

• Toifalar bilan manzilli ishlash: Ijtimoiy-huquqiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj "og‘ir" toifadagi yoshlar bilan individual ishlash hamda ularning muammolarini joyida hal etish;

• Huquqbuzarliklar profilaktikasi: Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida profilaktika inspektori bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik tizimi.

Suhbat yakunida "Shifokor" mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, "sariq" va "qizil" toifadagi yoshlar bandligini ta'minlash choralarini jadallashtirish hamda aniqlangan uslubiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan yoshlar yetakchisiga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.