Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov hamda xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputatlari K. Xursanov va D. Asadullayev tomonidan “Katta Oqtepa” mahallasida joylashgan 180-sonli umumta’lim maktabida ta’lim sifati hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqib o‘rganildi.

📚 O‘rganish davomida maktabdagi o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi, pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi va ularning malaka saviyasiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, o‘quvchilarning bilim sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha mashg‘ulotlar samaradorligi, maktab kutubxonasi hamda o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati ko‘zdan kechirildi.

♨️ Deputatlar maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ham o‘rgandilar. Xususan, isitish tizimlarining mavsumga tayyorligi, bino va derazalarning izolyatsiyasi, maktab hovlisi hamda yo‘laklarning holatiga e’tibor qaratildi.

🔎 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan umumta’lim muassasalaridagi sharoitlarni o‘rganish, kuz-qish mavsumida isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda bolalar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish vazifalari bilan hamohang ravishda olib borildi.

🔺 Aziz Ibragimov tomonidan o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi bilan bir qatorda, ularning sovuq mavsumda issiq va qulay sharoitda tahsil olishi, maktab infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

📁 O‘rganish yakunida yangi o‘quv yilida ta’lim sifati va xavfsizlik talablariga rioya etish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida yakunlash muhimligi ta’kidlanib, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni doimiy nazorat qilib borish lozimligi qayd etildi.

✅ Sifatli ta’lim va munosib sharoit — yosh avlodning bilimli, salohiyatli va barkamol bo‘lib voyaga yetishida muhim omildir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6