Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
#Oltinsoy_Kengashi_deputati #Xalq_taʼlimi_aʼlochisi

Mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodga chuqur bilim va har taraflama pishiq-puxta tarbiya berish, sohada fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan jonkuyar pedagoglar mehnatini munosib e’tirof etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ana shunday e’tirof va yuksak mukofotlardan biri — “O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 14-“Ipoq” saylov okrugidan saylangan deputat Xudayberdiyev Umidullo Boqiyevichga topshirildi.

Umidullo Xudayberdiyev ko‘p yillik samarali va halol mehnati, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy usul hamda yondashuvlarni tatbiq etishdagi faolligi, shuningdek, tumanda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qo‘shib kelayotgan munosib hissasi uchun ushbu nufuzli mukofotga loyiq ko‘rildi.
Shu bilan birga, u deputatlik faoliyati davomida ham o‘z okrugi va “Ipoq” mahallasi aholisi manfaatlari yo‘lida jonbozlik ko‘rsatib, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda ta’lim masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi Kotibiyati hamda deputatlar korpusi nomidan Umidullo Boqiyevich Xudayberdiyevni ushbu yuksak mukofot va e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik hamda kelgusi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar va yangi zafarlar tilaymiz!

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 6